Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi o‘zbek ayol futbolchisi 55 yoshda
14:21 / 2020-12-22

Namangan viloyatining ayollar futboliga tamal toshi qo‘yishda, uni rivojlantirishda, mamlakatda yetakchi klublardan biriga aylantirishda Karima Yo‘ldoshevaning munosib hissasi borligi mubolag‘a emas.

 Karima Yo‘ldoshevaning nafaqat Namangan viloyati, balki respublika ayollar futboli rivojidagi o‘rni ham o‘ziga xos. Mamlakatimizning birinchi ayol futbolchisi, birinchi ayol legioneri, birinchi ayol murabbiyi, umuman har doim “birinchi qaldirg‘och” sifatida gavdalanadi.  

“Andijanka” jamoasida bir necha bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan, “Navbahor” va Ozarboyjonning “Bakinka” jamoalari tarkibida ham bosh sovrin sohibi bo‘lishga erishgan.  

2013 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan Yo‘ldosheva nafaqat “Navbahor”, balki mamlakat o‘smir-qizlar terma jamoasida ham qator yutuqlarga erishdi. 2017 yilda “Navbahor” jamoasi bilan 1-ligada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘smir-qizlar mamlakat terma jamoasi tarkibida Tojikistonda tashkillashtirilgan CAFA Kubogida bosh sovrin egasi bo‘ldi. 2018 yilda esa 19 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat terma jamoasi bilan Bishkekda o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo saralash musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.    

Karima Yo‘ldosheva ayni paytda 55 yoshga to‘lganiga qaramay hamon faol ishlashda davom etmoqda. Uning O‘zbekiston ayollar futboli rivojidagi samarali mehnatlari O‘zPFL tomonidan munosib taqdirlandi. Namanganda o‘tgan O‘zbekiston Kubogi final bahsi oldidan Karima Yo‘ldoshevaga O‘zPFLning tashakkurnomasi va maxsus sovg‘asi taqdim etildi.