Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari jam bo‘lishdi. Bu yil Uyushmaning “Birinchi kitobim” loyihasida 19 nafar yosh ijodkorning 18 nomdagi birinchi kitoblari chop etildi.
Bular: Faxriyor Baxtiyorov “Sen uchun”, Bibigul Adiyeva “Xayol kemasi”, Sanjar Toshbekov “Xirgoyi”, Suhrob Hamroyev “Uyg‘oq fasl”, Muhammadali G‘afforov “Ishq safari”, Shukrullo Sheraliyev “Kuz taronalari”, Muattar Mamatkarimova “Sen kelguncha”, Durdona Bahodirova “Ijobat”, Mahliyo Karimova “Taskin”, Burhon Rahmatov “Baxtning uch siri”, Charos Avazova “Siyohdon”, Mahbuba Abdurahimova “Shams-u hilol”, Farhod Eshon va Mavluda Samariddinova “Ko‘ldagi aks va gul”, Snejana Zeytulayeva “Lis” (rus tilida), Kamoliddin Ro‘zimatov “Keyingi bekat”, Muxlisa Toshpo‘latova “Qo‘g‘irchoq”, Shohro‘z Umarjon “Hurkak shu’la”, Islom Eshniyozov “Izlegen ig‘balim” (qoraqalpoq tilida).
Taqdimotda ushbu kitoblar mualliflarga qalam haqqi bilan birga taqdim qilindi. Shu bilan birga hozirgi kunda faol bo‘lgan 9 nafar yosh ijodkorlarni Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilish marosimi ham o‘tkazildi.
Tadbirda mualliflar yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida Yozuvchilar uyushmasida amalga oshiralayotgan ishlar uchun minnatdorligini bildirishdi. Taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari kechaga yanada zavq ulashdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eQT8GbcVsxk" title=""Birinchi kitob" — birinchi qadam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev O‘zA