Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi falsafa doktori, keyin fan doktori
11:57 / 2018-03-28

Toshkent davlat agrar universitetidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, endilikda Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish uchun ikki bosqichli tizim joriy etildi.

Toshkent davlat agrar universitetidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, endilikda Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish uchun ikki bosqichli tizim joriy etildi. Bunda talabgorlarga birinchi bosqichda falsafa doktori Ph.D (Doctor of philosophy) hamda ikkinchi bosqichda fan doktori DSc (Doctor of Science) ilmiy darajasi beriladi. 

Shu munosabat bilan dissertatsiya himoyasi sifati va natijadorligini yanada oshirish uchun Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda 2017 yilda himoya qilgan va 2018 yilda himoya qilinadigan dissertatsiyalar tahlil qilindi. Shuningdek, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, jahon tajribasi va bu boradagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadqiqot ishlarining sifati va ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishda yoshlarni intellektual salohiyatini namoyon etishga ham e’tibor qaratildi.