Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biri – qo‘shimcha daromad, ikkinchisi – quvvat manbai
20:10 / 2017-12-22

Surxondaryo viloyatidagi “Termiz Agro Fish Eksport” agrofirmasi rahbari Normahamat Norxamedov joriy yilda 12 gektar sun’iy ko‘lda baliqchilikni yo‘lga qo‘yib, aholini arzon va sifatli parhez mahsulot bilan ta’minlamoqda.

Surxondaryo viloyatidagi “Termiz Agro Fish Eksport” agrofirmasi rahbari Normahamat Norxamedov joriy yilda 12 gektar sun’iy ko‘lda baliqchilikni yo‘lga qo‘yib, aholini arzon va sifatli parhez mahsulot bilan ta’minlamoqda.

Kelgusi yili yana 33 gektar maydonda sun’iy ko‘l barpo etib, Afrika laqqasi va karp baliqlarini yetishtirishni mo‘ljallamoqda. Shuningdek, mamlakatimizda ko‘paytirilayotgan pavlovniya daraxti ko‘chatini mahalliy sharoitga moslashtirib, o‘stirmoqda. Tez o‘suvchan bu daraxtni ko‘paytirib, viloyatning mebelsozlik sanoatini rivojlantirish, hunarmandlarni arzon, pishiq va sifatli xomashyo bilan ta’minlashga katta hissa qo‘shayotir. Shifobaxsh bargi, guli va mevasi qayta ishlash uchun farmatsevtika korxonalariga yetkazib beriladi.

Bu hali izlanuvchan tadbirkor ro‘yobga chiqarayotgan ishlarning hammasi emas. N.Norxamedov xalqimiz orasida o‘lmasgul, gultojixo‘roz nomlari bilan mashhur amarant o‘simligining shifobaxsh navini parvarishlashni ham yo‘lga qo‘ygan. Kelgusida Termiz tumanidagi baliqchilik suv havzasi yonidagi foydalanilmay turgan maydonda noyob o‘simlik plantatsiyalarini yaratishni mo‘ljallamoqda.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, dunyoda amarantning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, undan turli taomlar tayyorlash va tabobatda keng foydalaniladi. Poyasi chorvachilikda o‘ta to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Gultojixo‘roz urug‘i tarkibida inson organizmi uchun zarur oqsil, kalsiy, temir, magniy kabi o‘ndan ortiq dorivor modda bor. Shu bois o‘simlik urug‘i bronxit, kamqonlik, qandli diabet, buqoq singari kasalliklarni davolashda ta’sirchan malham bo‘ladi.

Tabobat ilmining sultoni Ibn Sino ham o‘z davrida o‘lmasguldan qizilcha, qizamiq va boshqa qator kasalliklarni, tig‘ yetkazgan jarohat va yaralarni davolashda keng foydalangan.