Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Birgalikda kurashamiz”
11:17 / 2020-05-16

Ushbu kompozitsiya bizlarni himoya qilish uchun oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻygan barcha jasur COVID-19 ga qarshi kurashchilarga chuqur minnatdorligimiz ifodasidir.


Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) ushbu mamlakatning turli joylaridan kelgan bastakorlar, musiqachilar va qoʻshiqchilarning musiqalarini uylaridan yozib olib, “Biz birgalikda kurashamiz” nomli chiroyli asar yaratdi. 

Ushbu qoʻshiq hind mumtoz musiqasi notalariga inglizcha qoʻshiqlarni toʻqib “Vasudhaiva Kutumbakam”- yani Dunyo bitta oiladir mohiyatini yoygan boʻlib, yozuvchi va bastakorlar Jo Alvares, Usha Uthup, Salim Merchant, Shefali Alvares Rashid, Benni Dayal, Sonam Kalra, Chandan Bala Kalyan, Jo Alvares, Salome va Samiralar tomonidan, musiqachilar Tubbi, Pandit Ravi Chari, Pandit Rakesh Chaurasiya va Ustad Faysal Kurehi tomonidan yozilgan. U umid, quvonch, xotirjamlik, kurash ruhini aks ettiradi va COVID-19 ga qarshi jamoaviy kurashda hech qachon taslim boʻlmaslikni targʻib qiladi.

Ushbu virus insoniyatning barcha chegaralarini, jismoniy va ijtimoiy, millatlar, tabaqa, sinf, rang, din va eʼtiqod tizimlarini kesib oʻtib, dunyoni tiz choʻkishiga olib kelib juda katta taʼsir koʻrsatdi. Lekin biz birlashsak, doimiy ravishda bir-birimizga yordam berib, bilimlar almashib hamkorlik qilsak, koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonamiz.

Ushbu kompozitsiya bizlarni himoya qilish uchun oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻygan barcha jasur COVID-19 ga qarshi kurashchilarga chuqur minnatdorligimiz ifodasidir. Bu mamlakatlarimiz madaniy merosini ifoda etadigan va madaniy merosimizni jonli saqlashga hissa qoʻshadigan barcha sanʼatkor va ijrochilarga bagʻishlanadi, ayniqsa, qiyin paytlarda. Bu ogʻir damlarda qoʻshnilarga, notanishlarga va ularning atrofidagi odamlarga jimgina yordam berayotgan son-sanoqsiz odamlarga hurmat va eʼtirofdir. Biz birgalikda koronavirusga qarshi kurashda va insoniyat duch keladigan koʻplab qiyinchiliklarda albatta gʻolib chiqamiz.

Sham yoqing, frontdagi ishchilarni xursand qiling, muhtojlarga xayr-ehson qiling, qariyalar uchun boʻsh vaqtni ajrating, koʻngilli boʻling...

Qanday boʻlmasin, ushbu tashrif sizga yoqadi va ushbu “Birgalikda kurashamiz”ni davom ettirish uchun ilhomlanasiz degan umiddamiz.

Ushbu qoʻshiq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi (MEA) tomonidan dunyo aholisiga bagʻishlangan. ICCR xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Hindiston bilan boshqa davlatlar oʻrtasida yaqin madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hindiston madaniy aloqalar kengashi
Dehli shahri.