Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birdamlik davr talabi
12:30 / 2024-10-16

Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida "Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Viloyatdagi turli milliy madaniy markazlar vakillari, yoshlar ishtirok etgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Sa’dulla Mirzayev, respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov hamda boshqalar millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligi xususida so‘z yuritdi.

– Bugungi kunda ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi, – dedi I.Latipov. – So‘nggi yillarda yurtimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish hamda targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini hamda diniy soha vakillarining malakasini oshirishni taqozo qilmoqda.

[gallery-19775]

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 74-maqsadi “Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash”ga qaratilgan bo‘lib, unda milliy madaniy markazlarni qo‘llab-quvvatlash, turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish kabi masalalar haqida so‘z yuritilgan.

Hozirda viloyatda 9 ta konfessiya, 13 ta noislomiy cherkovlar va 81 ta masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 10 ta milliy madaniy markazlarda turli millat vakillari o‘z an’ana va qadriyatlarini ulug‘lab kelmoqda. 

Shuningdek, umumta’lim maktablarining 66 tasida qozoq, 5 tasida tojik, 3 tasida qoraqalpoq va 21 tasida rus tilida ta’lim beriladi. 
Tadbirda yoshlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari