Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir yilda 9,5 mingta murojaat kelib tushdi – Biznes-ombudsman devoni
16:56 / 2026-01-27

Bugun Biznes-ombudsman devoni tomonidan 2025 yilda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Hisobotni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova o‘qib eshittirdi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, 2025 yil davomida Biznes-ombudsmanga jami 9 555 ta murojaat kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning qariyb 48 foizi qanoatlantirilib, ular bo‘yicha tadbirkorlar huquqlari tiklanib, qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Aniq statistikaga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Eng ko‘p murojaatlar soliq, yer va kadastr, mansabdor shaxslar qarorlari, shuningdek, tekshiruvlar va bank-kredit masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan.

“Tadbirkorlar bilan muloqotda muhim platforma bo‘lgan “Tadbirkor virtual ofisi” orqali ham faol ish olib borildi. Ushbu platformaga 7 507 ta murojaat kelib tushib, ularda ko‘tarilgan 8 640 ta masala ko‘rib chiqildi. Bu raqamlar tadbirkorlar davlat idoralariga ko‘proq elektron murojaat qilishayotganini ko‘rsatadi”, – dedi G.Shukurova.

2025 yilda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish doirasida jami 3 ming 241 ta ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Natijada:

220 ta noqonuniy qaror bekor qilindi;

10 mlrd so‘m mablag‘ tadbirkorlarga qaytarildi;

16 mlrd so‘m qarzdorlik bekor qilindi;

40,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishildi.

“O‘tgan yili tekshiruvlar masalasi ham doimiy e’tibor markazida bo‘ldi. 2025 yilda 148 mingdan ortiq tekshiruvlar muvofiqlashtirilgan. Monitoring natijasida 9 994 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shundan 567 tasi noqonuniy tekshiruvlar, 9427 tasi tekshiruvlar o‘tkazish tartibini buzish holatlaridir. Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 1072 ta ma’muriy choralar qo‘llanildi va 103 ta jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo‘naltirildi”, – deyiladi Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘tkazilgan brifingda.

Shu bilan birga, o‘tgan yil davomida nazorat qiluvchi organlar xodimlariga tekshiruv o‘tkazish borasidagi qonunchilik tartiblarini tushuntirish maqsadida 462 ta seminar o‘tkazilib, ularda 26 mingdan ortiq mansabdor shaxslar ishtirok etgan.

Shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning 8 682 ta xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 76 foizi tadbirkorlar faoliyatida tekshiruv o‘tkazishda yetarli malakaga ega deb topilgan.

“2025 yil davomida qonunchilik ijrosi nazorati doirasida 14 ta nazorat organi faoliyati o‘rganilib, 105 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu holatlar yuzasidan taqdimnomalar kiritilib, ma’muriy va intizomiy choralar qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishida ham tizimli ishlar amalga oshirildi. 2025yilda 6 ta qonunchilik hujjati loyihasi ishlab chiqildi, 898 ta normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, ular bo‘yicha 780 ta taklif va e’tirozlar bildirildi”, – dedi Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova.

O‘zA