Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir yilda 5 ming 522 ta davlat, xususiy va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi
11:16 / 2020-01-24

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.


Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markaziga Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari toʻplangan.

Prezident oʻz nutqida maktabgacha taʼlim tashkilotlari haqida fikr bildirdi.

Maʼlumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 13 ming 500 maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Davlatimiz rahbari 2019-yil Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 2018-yildagi 38 foizdan 52 foizga yetgani, birgina oʻtgan yilda 5 ming 522 ta davlat, xususiy va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilganini eʼtirof etdi.

2020-yilda bu koʻrsatkichni 60 foizga etkazish, buning uchun 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilishi, shuningdek, 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish uchun 130 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi taʼkidlandi.