Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir yil kafolat berilgan akkumulyator 35 kunda buzildi
13:36 / 2022-03-11

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatilari mutaxassislari tomonidan fuqarolarning murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolarga yechim topilmoqda.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Oq oltin” MFYda yashovchi fuqaro Dilshod Boboxo‘jayev 2022 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qabulxonasi “Ishonch telefoni”ga murojaat qilib, Zarafshon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quv markaziga pul to‘lab, 3 oy o‘qiganligi, ammo kursni tugatganiga 4 oydan oshiqroq vaqt o‘tayotgan bo‘lishiga qaramasdan tegishli sertifikat berilmayotganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, o‘quv markazi rahbariyatiga fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquqlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari batafsil tushuntirildi.

Natijada o‘quv markazi tomonidan shartnomaga asosan o‘quv kursi uchun to‘langan 3 million so‘m miqdoridagi mablag‘ fuqaroga naqd pul shaklida qaytarib berildi.

Yana bir holat. Xatirchi tumani Ikrom Karvon mahallasida yashovchi fuqaro Isroil Xolboyev tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tadbirkor Q.K.ga tegishli savdo do‘konidan yengil avto mashinasi uchun “Atlant” rusumli akkumulyator batareyasini xarid qilgan. Sotuvchi mahsulot uchun bir yil kafolat beradi. Ammo akkumulyatorda 35 kun o‘tgach, nosozlik yuzaga keladi. Iste’molchi sotuvchiga murojaat qilganida u mahsulotni yangisiga almashtirib berishni istamaydi.

Natijada Navoiy viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish birlashmasi aralashuvi bilan iste’molchi talabi ijobiy hal etildi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA