Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir xonadon tajribasi
12:38 / 2021-08-17

Sirdaryo tumanida bir necha yo‘nalishlarda faoliyat yuritib, ro‘zg‘orini moddiy ta’minlayotgan Karimjon To‘ychiyev xonadonida seminar o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatining tuman-shahar hokimliklaridan iborat delegatsiya a’zolari Sirdaryo tumani “Intilish” mahallasida istiqomat qiluvchi Karimjon To‘ychiyev xonadonida bo‘ldi. bugungi kunda dehqonchilik, parrandachilik, uzumchilik, baliqchilik kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan ishbilarmon seminar ishtirokchilariga har bir yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot berdi.

– 30 sotixlik issiqxonam bor, 15 sotixiga pomidor-bodring ekkanman, qolgan 15 sotixini keyingi mavsumga tayyorlayapman, – deydi Karimjon To‘ychiyev. – Bundan tashqari, inkubatorlarda tovuq jo‘jalarini yetishtiramiz. Baliqchilik uchun hovuz ham tashkil qilganmiz, "Sazan" balig‘ini va tovuqning "Brama" zotidan 400 tasini boqayapmiz.

Xonadonda uzumlar g‘arq pishgan. Tokzor yaratish uchun qilingan mehnat kishi e’tiborini tortadi.

Amaliy seminar davomida shu kabi choralar, amaliy ishlarni barcha xonadonlarda qo‘llash, oilalar farovonligi uchun aholini ish bilan band etish haqida so‘z bordi. Karimjon To‘ychiyev tajribasidan tuman miqyosida foydalaniladigan bo‘ldi.  

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA