Bir Vatan, bir el, bir bayroq!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ertalabdan universitetning faol va tashabbuskor ko‘ngilli volontyor talabalari tomonidan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga davlat ramzlariga chuqur hurmat va sadoqat ifodasi sifatida bayroqchali lentalar tarqatish bilan boshlandi.

Qayd etilganidek, ushbu tadbirlar yoshlarning qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlar va davlat ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini shakllantirish va yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan ma’rifiy chiqishlar, Vatan, bayroq va tinchlik haqida she’r va qo‘shiqlar aytildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA