Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bir Vatan, bir el, bir bayroq"
13:25 / 2025-11-18

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasida ana shu shior ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U ishtirokchilarni qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etar ekan, bayrog‘imizning milliy iftixor va mustaqillik ramzi sifatidagi o‘rni beqiyos ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.

Urganch shahar xalq ta’limi bo‘limi vakillari bayrog‘imizning umumiy tavsifi va qabul qilingan tarixi, uning ramziy ma’nosi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida foydali ma’lumotlarni berishdi.  

[gallery-26298]

Tadbirda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” g‘oyasi doirasida davlat bayrog‘ini madh etuvchi maxsus videoroliklar namoyish etildi.  

– Bayrog‘imiz hilpirab turganini ko‘rgan kishining qalbida beixtiyor faxr va g‘urur tuyg‘usi paydo bo‘ladi.  Yurtga bo‘lgan muhabbati oshadi, – deydi byuroning viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ruslan Matrasulov. – Boshqarmamiz oldida, bino ichkarisida turli burchaklarda davlatimiz bayrog‘i turibdi. hatto o‘z xonamga ham qo‘yganman. Bayroq bu biz uchun shunchaki to‘rtburchak mato emas, balki milliy o‘zlikni anglab,  xalq va davlat manfaatlarini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan ish faoliyatimizni  yanada sharaf va mas’uliyat bilan bajarishimizga undovchi halollik, adolat va iftixor ramzidir.  

Boshqarmadagi tadbirdan so‘ng xodimlar Urganch shahridagi  30- umumta’lim maktabiga borib, maktab o‘quvchilariga bayrog‘imiz tasviri aks etgan nishonlarni tarqatishdi.  

O‘quvchilarga  davlat bayrog‘i  bu shunchaki ramz emas, balki yurtimiz suvereniteti, millat g‘ururi va Vatan sha’nining ifodasi  hamda ushbu bayroq ostida davlat va elga xizmat qilish  sharaf va yuksak mas’uliyat ekanligi haqida so‘zlab berishdi.

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat),  

O‘zA muxbirlari