Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”
12:19 / 2025-11-14

Shu shior ostida butun mamlakatimiz bo‘ylab yo‘l olgan estafeta bayrog‘i Qashqadaryodan Samarqand viloyatiga kirib keldi. Estafeta bayrog‘i Samarqand viloyati jamoatchiligi, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ziyolilar, harbiylar va yoshlar vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun oldidan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar doirasida Samarqand shahridagi Registon maydonida yoshlar va keng jamoatchilik ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 

Shu yerdan ulkan bayroqni ko‘targan harbiylar, sportchi yoshlar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, texnika vositalari Registon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Ko‘ksaroy maydoniga keldi. Maydondagi O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan xiyobonda keng jamoatchilik ishtirokida davlat ramzlari, xususan, davlat bayrog‘ining mamlakat suvereniteti, millat va xalq hayotidagi ahamiyati haqida suhbat tashkil etildi.

– Bayroq davlatning mavjudligini, uning mustaqil va suveren ekanini ifoda etuvchi muhim ramzlaridan biri hisoblanadi, – deydi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari X.Ko‘bayev. 

[gallery-26252]

– Shu bilan birga bayroq davlatni xalqaro maydonda tanituvchi asosiy vosita. Unda mamlakatning tarixi, milliy qadriyatlari, g‘oyalari o‘z ifodasini topadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ham ana shu jihatlari bilan yurtimizni dunyoga tanituvchi, barchamiz uchun faxr va iftixor ramzidir. Bayroq xalqni umumiy tarix, madaniyat va g‘oyalar atrofida birlashtirishi inobatga olinib, bu yil davlat bayrog‘imiz qabul qilingan kun arafasida ushbu estafeta tashkil etildi. Kecha va bugun viloyatimizda ham estafeta tadbirlari keng jamoatchilik, yoshlar ishtirokida ko‘tarinki sur’atda davom etmoqda.

Estafeta tadbirlari kecha Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Valiy majmuasida davom etdi. Bugun bayroq Jomboy va Bulung‘ur tumanlaridan olib o‘tilib, Jizzax viloyatiga yetkaziladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA