Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir Vatan, bir el, bir bayroq! (+video)
18:03 / 2025-11-18

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Yoshlarda Vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy xizmatchilar va kursantlarning yuksak intizomi hamda fidoyiligini keng jamoatchilikka namoyish etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda davlatimiz bayrog‘i xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Maxsus kortej tashkil etildi. Kortej dastlab akademiya hududidan tantanali tarzda harakatlanib, Yangihayot va Sergeli tumanlarining chiroyli va ko‘rkam ko‘chalarida yurdi. Fuqarolarga vatanparvarlik qo‘shiqlari va shijoatli chiqishlar namoyish etildi.  

Shu bilan birga, tadbir davomida Akademiya Orkestr jamoasining tantanali yurishi va marsh ijrolari hamda yoshlar uchun vatanparvarlik ruhida chellenjlar tashkil etildi.

Akademiya ushbu tadbirlar orqali davlat ramzlarimizga bo‘lgan chuqur hurmat va g‘ururni yanada keng targ‘ib qilish, yosh avlodda Vatanga muhabbat va mas’uliyat hissini kuchaytirish, shuningdek, harbiy xizmatchilar hamda kursantlarning yuqori professional tayyorgarligini jamoatchilikka keng namoyish qilishni maqsad qilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tcfFJxN9mZ4" title="Bir Vatan, bir el, bir bayroq!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA