Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir tumanda 83 xonadon va 14 MTT foydalanishga topshirildi
16:46 / 2019-12-27

Yangi yil arafasida yirik vazirliklardan tortib, kichik doʻkon egalarigacha hamma-hamma yil davomida nimalar qilgani, nimalar qila olmagani haqida sarhisob qiladi.


Yangi yil arafasida yirik vazirliklardan tortib, kichik doʻkon egalarigacha hamma-hamma yil davomida nimalar qilgani, nimalar qila olmagani haqida sarhisob qiladi. Bayram arafasida uy-joyga ega boʻlganlarni-ku, qoʻyavering. Ularning quvonchini soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi.

– Ikki xonali zamonaviy uyga koʻchib oʻtdik, – deydi yangi uy sohibi Ochilov Muhammadjon. – Bu Yangi yil bayrami arafasida oilamiz uchun katta tuhfa boʻldi. Bir farzandlarimizni munosib turmush sharoitida voyaga yetkazish imkoniyatiga ega boʻlganimdan xursandman.

Bugun Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumani “Qorakoʻl” mahallasida Muhammadjon kabi saksonga yaqin uy sohiblari yangi uylariga koʻchib kirishdi. “Qishloq qurilish invest”ning kredit mablagʻi evaziga “Qoraun inshoot qurilish”, “Aznafis”, “Bunyod-Shahzod-Fayz”, “Ruz-aymer”, “Nur-qurilish-porloq” xususiy korxonalari zamonaviy meʼmorchilik andozalari asosida bunyod etgan ikki va uch xonali 83 uyda farovon turmush uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Qorakoʻl tumani hokimligining matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, xonadonlar bilan bir vaqtda 10 ta oilaviy bogʻcha va 4 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti mukammal taʼmirlanib, ishga tushdi. 800 nafarga yaqin kichkintoylar mukammal talim olishi uchun moʻljallangan ushbu maskanlar zarur mebel va oʻyinchoqlar toʻplami, koʻrgazmali vositalar bilan toʻliq taʼminlangan. Yangi bogʻchalarda tarbiyalanuvchilar ingliz va rus tillarini ham bemalol oʻrganishlari mumkin.