Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir talaba – bir daraxt” aksiyasi o‘tkazildi
12:32 / 2025-11-21

Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bir talaba – bir daraxt” aksiyasi tashkil etildi.  

O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan aksiya davomida ustoz va talabalar tomonidan universitet hududiga 50ga yaqin akatsiya, yasen, badrianka kabi manzarali ko‘chatlar ekildi.

–“Bir talaba – bir daraxt” tashabbusining asosiy maqsadi yoshlarimizda ekologik ongni yanada yuksaltirish, atrof-muhitni asrash borasida amaliy ishtirokini kuchaytirishdan iborat, –dedi universitetning birinchi prorektori O.Yusufjonov.–Har bir talabaning kamida bir tup daraxt ekishi nafaqat hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga xizmat qiladi, balki yoshlarimizni tabiatga mas’uliyatli yondashishga chorlaydi. Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tizimli ravishda davom ettirish universitetimizning ustuvor vazifalaridan biridir. Biz ishonamizki, bugun ekilgan nihollar, ertaga soyabon chinorlarga aylanadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA