English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir sayyoh Oʻzbekistonga qancha foyda keltiradi
18:04 / 2020-04-04

Dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qoʻygan pandemiya jahon boʻylab iqtisodiy inqirozni olib kelayotgani bilan ham barcha davlatlarda xavotir uygʻotmoqda.


Dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qoʻygan pandemiya jahon boʻylab iqtisodiy inqirozni olib kelayotgani bilan ham barcha davlatlarda xavotir uygʻotmoqda.

Prezidentimiz koʻzga koʻrinmas bu balo yetaklab kelishi kutilgan inqirozni oʻz vaqtida chuqur tahlil qilib, inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha zarur choralarni koʻrgani bu infeksiyaning boshqa koʻplab mamlakatlardagidek ogʻir kelishining oldini olishda muhim oʻrin tutmoqda. Koronavirus pandemiyasi boʻyicha aholiga murojaatlari joylarda ortiqcha sarosimaga berilishlarning oldini olib, tezda bu ofatni yengishga boʻlgan ishonchimizni tobora oshirayotir.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni jahondagi barcha millat va elat vakillari tahlikali kunlarni boshdan kechirayotganida nafaqat, iqtisodiyot tarmoqlarimiz va tadbirkorlik subyektlari, balki aholini oʻylantirayotgan dolzarb masalalar yechimini topishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli boʻldi. Keng qamrovli bunday choralar mamlakatimizda biron xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki hech kimning hozirgi ogʻir davrda davlat eʼtiboridan chetda qolmasligini keng namoyon etdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, joriy yil yakunigacha un, oʻsimlik yogʻi, goʻsht, sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari singari 13 turdagi zarur oziq-ovqat va 7 turdagi gigiyena mahsulotlarini import qilishda bojxona boji va aksiz soligʻi undirilmasligi belgilangani bunga yaqqol dalildir. Shuningdek, mart-iyun oylarida muddati tugaydigan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni toʻlash uchun qoʻshimcha murojaat va hujjatlar talab etilmasdan avtomatik ravishda 6 oydan 1 yilgacha uzaytirilishi, karantin tugaguncha yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan fuqarolarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlarini bepul yetkazib berishning yoʻlga qoʻyilayotgani ham Vatanimizda ehtiyojmandlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning yorqin ifodasidir.

Bugun dunyo boʻylab yoyilgan pandemiya jahon miqyosida turizm sohasiga katta zarar keltirayotgani sir emas. Bu inqiroz boshqa davlatlar qatori bizning mamlakatimizni ham chetlab oʻtmayotir. Hozirgi paytda Surxondaryo viloyatida 48 mehmonxona, oʻttizga yaqin turoperator sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatadi. 68 oilaviy mehmon uyi mavjud.

Pandemiya sababli ular oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. Ushbu farmon bilan shunday ogʻir vaziyatda davlatimiz rahbari turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlarga tegishli imtiyozlar berdi. Ular yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan ozod etilmoqda. Ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushirilayotir. Qoʻllanilayotgan bu imtiyozlar turizm sohasiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlarni ragʻbatlantirib, pandemiya bartaraf etilgach, ularning barqaror faoliyat yuritishi uchun koʻrilayotgan zarur choralardir.

Ayni damlarda esa bugungi vaziyat barchamizdan koʻzga koʻrinmas baloning oldini olish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda karantin talablariga qatiy rioya etishni talab etmoqda. Ishoning, bu vazifani sabr-toqat, intizom, bosiqlik, masʼuliyat va ahillik bilan amalga oshirishni oʻzimizga kundalik shior qilib olsak, albatta, pandemiyani jiddiy talofatlarsiz tezda yengamiz.

Zafar NAMOZOV,
Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati
hududiy boshqarmasi boshligʻi