XX asr oxiri va XXI asr boshlarida xalqaro tizim ko‘pincha bir qutbli deb ta’riflandi. Sovuq urushdan keyin super kuchning ustunligi global siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xalqaro institutlar, moliyaviy tizimlar va xavfsizlik arxitekturasi aynan shu muvozanat asosida shakllandi.
So‘nggi yillarda esa geosiyosiy jarayonlar o‘zgarib bormoqda. Yangi iqtisodiy markazlarning kuchayishi, mintaqaviy integratsiya loyihalari va texnologik raqobat global kuch muvozanatini qayta taqsimlamoqda. Xususan, BRICS doirasidagi hamkorlikning kengayishi ko‘p qutbli tizim haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi.
Umuman olganda, bir qutbli dunyoning tugaganini qat’iy aytish qiyin, ammo shubhasiz, xalqaro tizim dinamik o‘zgarish bosqichiga kirdi. Bu jarayon kichik va o‘rta davlatlardan yanada muvozanatli, pragmatik va ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosatni talab qilmoqda.
Ushbu mavzuni kengroq ochib berish maqsadida O‘zA muxbiri ekspert Qodir Jo‘rayev bilan suhbatlashdi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/wA1NS8o90mI?si=WhNNN0yF56-Q0eGO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video),
O‘zA