French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir qator maktablar bepul internet xizmatiga ulandi
20:36 / 2018-09-25

Jizzax shahrida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – “ICTWEEK Uzbekistan-2018” doirasida viloyatda boʻlib oʻtadigan tadbirlar oldidan brifing tashkil etildi.

Jizzax shahrida Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – “ICTWEEK Uzbekistan-2018” doirasida viloyatda boʻlib oʻtadigan tadbirlar oldidan brifing tashkil etildi.

Brifingda AKT haftaligi doirasida “Axborot texnologiyalari — bolalar uchun” xayriya aksiyasi tashkil etilgani, unda viloyatdagi 3 taʼlim muassasasida jihozlangan kompyuter sinflari foydalanishga topshirilgani haqida maʼlumot berildi.

Sharof Rashidov tumanining 17-umumtaʼlim maktabi, Zulfiya va Hamid Olimjon nomli maktab internati, Forish tumanining 72-umumtaʼlim maktabida 10 tadan kompyuter, koʻp funksiyali qurilma va optik proyektor bilan jihozlangan sinf xonalari tashkil etildi. Ushbu kompyuter sinflari “Oʻztelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan optik tolali tarmoq orqali bir yillik bepul internet xizmatiga ulandi.

Haftalik doirasida “Jizzax viloyatida innovatsiya, investitsiya va axborotlashtirish” mintaqaviy forumi, Jizzax ICT Expo 2018 axborot kommunikatsiya texnologiyalari hududiy koʻrgazmasi, “Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning ishtiroki” talabalar kollokviumi boʻlib oʻtadi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.