Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir paytning o‘zida ham Alfa, ham Beta koronavirus turi bilan kasallangan bemor aniqlandi
16:30 / 2021-07-11

Belgiyada 90 yoshli ayol bir vaqtning o‘zida ikki xil mutatsiyani — Alfa va Beta koronavirus yuqtirib oldi.

 Pandemiya boshlanganidan buyon olimlar birinchi marta bunday holatga duch kelishmoqda. Bu hol endi dunyo olimlarining diqqat markazida. Taxminlarga ko‘ra, bemor ushbu variantlarini bir vaqtning o‘zida ikki odamdan yuqtirgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda barcha mamlakatda koronavirusning keng tarqalayotgan yangi variantlari kun tartibida turgan asosiy masala hisoblanadi. Ilk bor Hindistonda kuzatilgan Delta koronavirus turi butun dunyoga shiddat bilan tarqalishda davom etmoqda. Xo‘sh, ushbu variantga qarshi vaksinalar qanchalik samarali?

"Pfizer"ning Isroildagi direktori Alon Rappaport "BioNTech" kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan vaksinaning Delta variantiga qarshi 90 foiz samarali ekanligini ma’lum qilgan edi. Ammo bu ko‘rsatkich yangi tadqiqotlar o‘tkazilgandan so‘ng kamaydi. Ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil virusning simptompli holatlarining oldini olishda "Pfizer-BioNTech COVID" vaksinasining samaradorligi sustligiga qaramay, vaksina og‘ir holatlarning oldini olishda samarali ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, Xitoyning "Sinovac" biofarm kompaniyasi vakili Liu Peicheng "CoronaVac" vaksinasi delta variantiga qarshi samarali ekanligini aytmoqda. Uning Reuters axborot agentligiga aytishicha, vaksina olganlardan olingan qon namunalari bo‘yicha dastlabki natijalar delta variantiga qarshi neytrallash ta’sirining uch baravar kamayganligini ko‘rsatgan. Ta’kidlanishicha, uchinchi doza Delta variantiga qarshi kuchli va bardoshli antikor reaksiyasini oshirishga yordam beradi.

Vaksinalar bo‘yicha tadqiqotlar va bahsli muzokaralar davom etmoqda.