English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir paytlar o‘zi ehtiyojmand edi, endi esa ularga ko‘makchi
17:13 / 2025-08-21

Qashqadaryolik Iroda Sirojeva ilgari ishsiz va kambag‘al oilalar ro‘yxatida turardi.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va uning ijrosi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar Irodaning hayotiga ham yorug‘lik olib kirdi.  

Boisi mazkur qaror bugun kambag‘al, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash, turmush farovonligini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.  

Qaror asosida uning oilasiga ham rahbar biriktirildi. Shundan so‘ng u ishga joylashdi. 29 yoshga to‘lgan Iroda Sirojeva 2024 yilning dekabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Guliston mahallasida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda.  

Bir paytlar ehtiyojmand fuqarolar safida turgan Iroda bugungi kunda o‘zini tiklab, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ezgulik ulashmoqda.  

Guliston mahallasida qariyb 9 ming nafarga yaqin aholi yashaydi. Ijtimoiy xodim tomonidan shu vaqtga qadar 30 ga yaqin oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilgan.

[gallery-24875]

Misol uchun, shu mahallalik Toshtemir Mamatov 70 yoshda. Farzandlari, nabiralarining bag‘rida umrguzaronlik qilmoqda. Xastalik sabab oyog‘idan ajralgan otaning dardiga malham bo‘lganlarning qatorida ijtimoiy xodimning ham xizmatlari beqiyos. Chunki unga nogironlik aravachasi olib berildi. Bundan tashqari, kelini Gulinur Sattorova qarovchi sifatida biriktirildi. Endilikda protez olib berishga harakatlar olib borilmoqda.

Qat’iyat va irodasi hayot yo‘lining ne-ne mashaqqatlarida toblangan Iroda  himoyaga muhtoj insonlar mushkulini oson qilishni maqsad qilgan va bu yo‘lda sobitqadam ketmoqda.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri