Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir oyda 31 mingdan ziyod gaz jihozi nazoratdan o‘tkazildi
09:15 / 2022-09-13

Iste’molchilarning gaz jihozlaridan oqilona va xavfsiz foydalanishlari baxtsiz hodisalarning oldini olishda juda muhim. Chunki ozgina e’tiborsizlik ham noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, "Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filialining servis xizmatini rivojlantirish bo‘limi tomonidan aholi va ulgurji iste’molchilarning gaz jihozlari nazoratdan o‘tkazilib, foydalanish uchun xavfsiz holga keltirilmoqda.

bugungi kunda Navoiy viloyatidagi aholi va ulgurji iste’molchilarning foydalanishda bo‘lgan jami gaz jihozlari soni 408 ming 960 tani tashkil etadi. Joriy yilning avgust oyida viloyat bo‘yicha jami 20 ming 147 ta xonadon va ob’ektlardagi 31 ming 074 ta gaz jihozlarining ishlash holati nazoratdan o‘tkazildi. Shundan 17 ming 279 ta aholi xonadonlarida mavjud gaz jihozlari texnik, 2 ming 669 ta xonadondagi uskunalar esa profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, gaz ta’minoti korxonasi bilan tegishli tartibda shartnoma tuzgan 199 ta ulgurji ob’ektlardagi foydalanishda bo‘lgan gaz jihozlari ham ko‘rikdan o‘tkazilib, xavfsizligi ta’minlandi.

– Ba’zi iste’molchilar gaz jihozlarida nosozlik kuzatilganda, gaz ta’minoti xodimlari xonadonlariga tez yetib kelib, xizmat ko‘rsatishmaganidan norozi bo‘lib murojaat qiladi, – deydi bo‘lim mas’ul xodimi Faxriddin Jumayev. – Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasida “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” keltirib o‘tilgan. Unda gazdan foydalanish uskunalarini iste’molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tariflar bo‘yicha ta’mirlash muddatlari bayon qilingan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish muddati holatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Ya’ni, iste’molchi xonadonida tabiiy gaz sizib chiqish holati kuzatilsa, soha xodimi darhol borib xizmat ko‘rsatishi kerak. Ovqat tayyorlash yoki isitish mavsumida isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida bir kun davomida xizmat ko‘rsatiladi. Issiq suv va isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) - ikki kun, gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda esa besh kun davomida xizmat ko‘rsatilishi zarur.

Xavfsizlik muhim. Shuning uchun gaz jihozlarining texnik va profilaktik ko‘riklardan to‘liq o‘tkazilishiga soha xodimlari bilan birga iste’molchilar ham e’tiborli bo‘lishlari zarur. 

 

A.Bo‘riyev, O‘zA