Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir oyda 1575 ta jinoyat hisobga olindi
11:59 / 2025-12-19

Samarqand viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Sarvar Bozorovning viloyatdagi kriminogen vaziyat va profilaktika tadbirlari yuzasidan aholiga murojaatida qayd etilishicha, shu yilning noyabr oyida viloyat bo‘yicha 1575 ta jinoyat hisobga olingan. Bu har 100 ming aholi soniga nisbatan 28 tadan to‘g‘ri keladi. Ushbu jinoyatlarning 21 foizi aniqlanadigan, 28 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan va 51 foizi axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq jinoyatlarni tashkil etdi. Noyabr oyida hisobga olingan jinoyatlarning 343 tasi (22 foizi) mahalla hududida sodir qilingan.

– Mahallalarda kriminogen vaziyatning barqarorligini ta’minlash maqsadida yil boshidan buyon keng jamoatchilik o‘rtasida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, 19 mingga yaqin kamera va domofon o‘rnatildi, 5 mingdan ortiq “namunaviy xavfsiz yo‘lak” va “namunaviy xavfsiz ko‘cha” tashkil etildi, 19948 ta ob’ekt texnik qo‘riqlovga olinib, 436 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi, – deydi S.Bozorov. – Ko‘rilgan profilaktik choralar natijasida noyabr oyida o‘tgan oktyabr oyiga nisbatan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 11 foizga, mahalla hududida sodir qilingan jinoyatlar 22 foizga kamayishiga erishildi. Viloyatdagi mahallalarning deyarli yarmida (42 foizida) jinoyat sodir etilishining oldi olindi. 2024 yilda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 106 ta mahalla bilan alohida yondashuv asosida ish olib borilishi natijasida ularning 35 foizida umuman jinoyat sodir etilmadi, 50 foizida kriminogen vaziyat yaxshilandi. Samarqand shahri, Pastdarg‘om va Samarqand tumanlaridagi so‘nggi 5 yilda kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarning 5 tasi qizil toifadan chiqarildi.  

Sodir etilgan jinoyatlarning deyarli yarmini hali hanuz axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etmoqda. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning salmoqli qismi esa o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlaridan iborat bo‘lmoqda. Shu bois yurtdoshlarimizning jinoyat qurboni bo‘lib qolmasliklari uchun avvalo notanish shaxslarning tekshirilmagan va ishonchsiz va’dalariga ishonmaslikka, bank kartalari va shaxsiy hisoblari haqidagi ma’lumotlarni boshqalarga bermaslikka da’vat etamiz.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri