FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrining Batosh mahallasidagi “Osmon guli” MCHJ xorijiy korxonasi 2024 yilning mart oyidan ishlab chiqarishni boshlagan.
Rossiyaning yirik “Tvoe” kompaniyasi va mahalliy tadbirkorlar hamkorligida tashkil etilgan korxona eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Hozirda bu yerda 100 dan ortiq turdagi kiyim-kechak va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Bir oyda 1 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilinmoqda.
[gallery-26344]
“Osmon guli” MCHJning muvaffaqiyatli faoliyati Qashqadaryo viloyatida investitsiya muhiti yaxshilanayotganining yaqqol dalilidir. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyati mahalliy aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, hududning iqtisodiy o‘sishiga ham turtki bermoqda.
Korxona 500 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali korxona ularning oilalarida iqtisodiy farovonlikni oshirishga hissa qo‘shmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi.
Qarshi shahrining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallay boshlagan korxonaning eksport ko‘rsatkichlari, bandlikka qo‘shgan hissasi va kelajakdagi rejalari uni viloyat sanoatining yangi yuziga aylantirmoqda. Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati viloyatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bilan birga, boshqa investorlarni ham hududga jalb qilishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyat iqtisodiyotining diversifikatsiyalashuviga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA