French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir oilaning ahil farzandlari
15:44 / 2022-08-01

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi mamlakatimizda millatlararo totuvlikni, ijtimoiy barqarorlikni asrab-avaylash masalasiga doim ustuvor ahamiyat qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Mazkur tabrik ko‘p millatli O‘zbekistonda bir oila farzandlaridek inoqlikda yashayotgan hamyurtlarimizda katta e’tibor uyg‘otdi. Bu jihatlar ularning fikr-mulohazalarida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Rahmatilla JABBOROV, O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi:

– Keyingi paytlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar tinchlik va totuvlikning qadr-qimmati nechog‘li baland ekanini yana bir karra ko‘rsatmoqda. So‘nggi besh-olti yilda mamlakatimizda millatlar o‘rtasidagi totuvlikni asrash, yaqin qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida misli ko‘rilmagan tashabbuslar hayotga joriy etildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o‘z hayoti va taqdirini shu aziz va tabarruk O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘lagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 30 iyul –Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi barcha milliy madaniy markazlar kabi bizning kelgusi faoliyatimizda ham ustuvor o‘rin egallashi shubhasiz.

Firdousi GUSEYNOV, Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi:

– Bizning milliy madaniy markazimiz filiallari O‘zbekistonning oltita viloyatida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilgarilari ishlash uchun ofisimiz, hatto oddiy yig‘ilishlar o‘tkazish uchun ham joyimiz yo‘q edi. Hozirda milliy madaniy markazlar faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar to‘liq hal etilgan. Milliy liboslar uchun ham muayyan mablag‘lar ajratilmoqda. Prezidentimiz farmoni asosida Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanganlar safida ozarbayjon millatiga mansub insonlar ham borligi bizni juda quvontirdi. Jumladan, Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi boshqaruv kengashi a’zosi Eldar Mamedov, poytaxtning "Mirobod" tumanidagi "Temiryo‘lchilar" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mehribon Ragimova "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangani qalbimizni quvonchga to‘ldirdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarning yangi sahifasi ochilgani har ikki davlat taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasiz.

Mametnazar NAZAROV, O‘zbekiston turkman milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari:

– Darhaqiqat, bugungi kunda milliy madaniy markazlar faoliyatini zamon ruhiga monand yo‘lga qo‘yish uchun barcha sharoit yaratildi. Chindan ham, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizda ahillikni asrab-avaylash borasidagi yutuqlar iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy jabhalarda qo‘lga kiritilayotgan natijalarning asosiy omili sanaladi. "O‘zbekiston – umumiy uyimiz" ulug‘vor shiori barcha hamyurtlarimizni o‘z atrofida birlashtirgani, mamlakat rivoji yo‘lida samarali mehnat qilishga undagani muvaffaqiyatlarimizning muhim asosidir. Kuni kecha e’lon qilingan farmon bilan O‘zbekiston turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi Ergash Avazov "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi. Bu esa jonajon O‘zbekistonimizda har bir millat va elat vakilining fidokorona mehnati, ezgu intilishlari doimiy e’tiborda ekanini amalda isbotlaydi.

O‘zA muxbiri

Nazokat USMONOVA

yozib oldi.