Bir oilaga nechita mobil telefon toʻgʻri keladi?
Davlat statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlari maʼlumotlariga koʻra, 2020- yilning yanvar-sentabr holatiga 100 ta xonadonga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi.
Nima deb oʻylaysiz mobil telefonondan birinchi boʻlib kim qoʻngʻiroq qilgan? Albatta birinchi ishlab chiqargan korxona hodimi. Kimga qoʻngʻiroqni amalga oshirgan?
Maʼlumotlarga koʻra, dastlabki mobil telefonning markasi (Martin Kuper qoʻngʻiroq qilgan telefon) Motorola DynaTAC boʻlgan va u oʻsha paytda 3995 dollar narxda sotilgan. Hozirda taxminan 9000 dollar.
Mobil telefon hayotimizga juda katta tezlik bilan kirib keldi. Har bir xonadonda bu telefon turidan keng foydalanilmoqda. Ayrim xonadon aʼzolarida ikki-uchtadan borligini hisobga olsak, uning qanchalik keng koʻlamda rivojlanganiga guvoh boʻlamiz.
Davlat statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlari maʼlumotlariga koʻra, 2020- yilning yanvar-sentabr holatiga 100 ta xonadonga toʻgʻri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi.
Bu raqamlar yildan yilga ortib bormoqda. Misol uchun, 2010- yilda ushbu koʻrsatkich 145 tani, 2015- yilda esa 234 tani tashkil etgan.