Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir odam naf koʻrsa, millionlarga yetishi mumkin
11:20 / 2020-06-20

Koronavirus sabab pandemiya sharoitida Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham oʻrnatilgan tartibda faoliyat yuritmoqda.


Koronavirus sabab pandemiya sharoitida Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ham oʻrnatilgan tartibda faoliyat yuritmoqda. Kuni kecha viloyatda yoʻl harakati xavfsizligi targʻiboti kuni tadbirlari oʻtkazildi.

Targʻibot tadbiri davomida piyodalar, velosiped haydovchilari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Har bir fuqaroga yoʻllarda harakatlanish chogʻida amal qilishi zarur boʻlgan talablar tushuntirildi. Yoʻlovchi tashuvchi haydovchilarga esa xavfsizlik talablari yana bir bor eslatildi.

Gapirilgan gaplardan, aytilgan fikrlardan, jilla qursa, bir odam naf koʻrsa, shuning oʻzi muhimdir. Bu raqamlar haftama-hafta koʻpayib millionlarga yetishi shubhasiz. Bu esa, yoʻl-transport hodisalari kamaydi, qoidabuzarliklar bartaraf etildi, eng muhimi kimningdir hayoti, boshqa birovning mol-mulki asrab qolindi, deganidir.

Toshkent viloyati IIBB

YHXB Axborot xizmati.