Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul
09:44 / 2025-09-11

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar tarbiyasida nuroniylar boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda munosib ishtirok etayotgan keksalarni rag‘batlantirib borish maqsadida tashkil etilgan tanlovda tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan nuroniylar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nurota tumani vakili Baxtiyor Xalimov 1-o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2- va 3-o‘ringa karmanalik Nuriya Jo‘rayeva va qiziltepalik Rahima Qodirovalar munosib ko‘rildi. 

G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, barcha ishtirokchilar diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri