Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir nuroniy–o‘n yoshga mas’ul”
11:52 / 2024-08-16

Buxoroda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ezgu shiori ostida “Bir nuroniy –o‘n yoshga mas’ul” deb nomlangan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad keksalarning boy hayotiy tajribasidan yoshlar ta’lim-tarbiyasida foydalanishdir. Viloyatdagi 544 ta mahallada ayni paytda ming nafardan ziyod otaxonu onaxon 7 mingdan ziyod o‘g‘il-qizga murabbiylik qilmoqda.

[gallery-18754]

–Bunda avvalo hayotiy tajribamizga, bilimimizga tayanamiz, – deydi Jondor tumanidagi “Navgadi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi mehnat faxriysi Feruza Rahmatova. –Shaxsan o‘zim qirq yildan ziyodroq vaqt davomida kutubxonada ishlab kelyapman. Umrim kitobu yoshlar orasida o‘tgani bois bo‘lsa kerak, tarbiyasi og‘ir bolalar ko‘ngliga tez yo‘l topaman. O‘tgan ikki yil davomida 22 nafar shunday o‘g‘il-qizni to‘g‘ri yo‘lga boshladim.

“Bir nuroniy–o‘n yoshga mas’ul” deb nomlangan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida  shahar va tumanlardagi mahallalardan kelgan nuroniylarning chiqishlari hay’at kengashi tomonidan baholab borildi. Ular uchta shart bo‘yicha bellashdi. Shu tariqa o‘zaro tajriba almashdi.

Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari