French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul
10:48 / 2023-08-16

Navoiy shahridagi yoshlar markazida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakillari tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida barqaror muhitni vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ‘ib qilish va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan nuroniylarni rag‘batlantirishga qaratilgan.  

Ko‘rik-tanlovda tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni egallagan nuroniylar uch shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rinni xatirchilik Xudoyqul Mamadiyorov va 3-o‘rinni konimexlik Dauren Shambetov egalladi. Birinchi o‘rinni karmanalik Gulnora Jabborova qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.  

Barcha g‘olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilarga “Diplom”, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

A.Bo‘riyev, O‘zA