Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” tanlovi
12:11 / 2025-08-21

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nuroniylar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan tanlovda mahallalarda faoliyat yuritayotgan nuroniylar kelajagimiz egalari tarbiyasidagi boy tajribasini keng namoyish etdi.  

[gallery-24868]

Dunyoda glaballashuv jarayonlari kechayotgan bir paytda ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxon va onaxonlarning boy hayotiy tajribasi yosh avlod ta’lim-¬ tarbiyasi hamda yosh oilalar mustahkamligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda mazkur ko‘rik-tanlov mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlab, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o‘rtasida totuvlik va ahillik muhitini yaratishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shgan nuroniylarni aniqlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.  

Tanlov yakunida Mehr-oqibat mahallasi vakilasi Norxoloy Choriyeva faxrli birinchi, Chim mahallasi nuroniysi Do‘smamat Eshqobilov ikkinchi va Yangiariq mahallasi nuroniysi Boboqul Cho‘tboyev uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.  

G‘oliblar tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri