Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir muammoni yechish bilan to‘rt masala hal bo‘ldi
10:05 / 2023-03-02

Samarqand viloyatidagi adliya tizimi organlari joylarga chiqqan holda fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganib, ularni joyida hal qilmoqda. Shu bilan birga aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Samarqand tuman adliya va FHDYO bo‘limlari tomonidan fuqarolar bilan mahallabay ishlash mobaynida tumanning Qavchinon mahallasida yashovchi G.Vohidova oilaviy sharoiti og‘irligi sababli ikki nafar farzandi uchun tug‘ilganlik guvohnomasi ololmagani aniqlandi. Buning oqibatida fuqaro farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishda muammolarga duch kelgan.

O‘rganish davomida fuqaroning arizasi olinib, tuman adliya bo‘limi hamda FHDYO bo‘limi xodimlari tomonidan unga amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada 2018 yil va 2020 yilda tug‘ilgan farzandlarining tug‘ilganligi rasman qayd qilinib, guvohnomalar berildi. Bolalar kompozit xizmati doirasida bir yo‘la ota-onasining doimiy yashash manziliga hamda poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yilib, maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yildi. Shu tariqa fuqaroning to‘rt idora eshigiga borishi va sarson bo‘lishi oldi olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand tumani adliya bo‘limiga joriy yil boshidan buyon kelib tushgan 60 ga yaqin murojaat ham adliya aralashuvi bilan o‘z yechimini topgan.

G‘.HASANOV, O‘zA