English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida pullarning talon-toroj qilinishi 2021-yilga doir holat"
14:01 / 2024-03-12

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida pullarning talon-toroj qilinishi holati yuzasidan quyidagicha munosabat bildirdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida shartnomada belgilangan talablar to‘liq bajarilmaganligi xususidagi ma’lumotlar 2021-yilga doir holatdir.  

Fuqarolardan ushbu holatni noto‘g‘ri talqin qilmaslik so‘raladi. Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki,  2021-yilda faoliyat yuritgan Xalq ta’limi vazirligi o‘rnida hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilgan. “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tugatilib, “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tashkil etilgan”, deyiladi munosabatda.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA