Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir milliarddan ziyod odam vabo xastaligiga duch kelishi mumkin
12:22 / 2023-04-19

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) fikricha, vabo kasalligining dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi juda yuqori.

Tashkilotdagilarning ogohlantirishicha, 43 mamlakatda bir milliarddan ziyod odam vabo bilan xastalanish xavfi mavjud.  

Ustiga-ustak, 2022 yil dekabr oyida JSST  vaboga qarshi ishlatiladigan vaksina tanqis ekani haqida ham ma’lum qilgan edi. Chunki dunyo bo‘yicha vaboga qarshi vaksina zaxirasi juda kam, deydi JSST mutaxassislari.  

JSSTning vabo va epidemik diareya xastaliklari bo‘yicha guruhi rahbari Filipp Barbozning ta’kidlashicha, vabo paydo bo‘lish holatlari sonining ortib borish tendensiyasi davom etmoqda. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, kasallanish holatlari sonining ko‘payishiga birinchi navbatda, qashshoqlik, mojarolar va ofatlar sabab bo‘lmoqda.