“Bir makon, bir yo‘l” uchinchi forumi 17-18 oktyabr kunlari o‘tadi
Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi, deya ma’lum qilishdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan.
Rais Si Szinpin anjumanning ochilish marosimida ishtirok etadi, tadbirga kelgan davlat yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Avvalroq forum ishida loyiha tarafdorlaridan tashqari Rossiya va Serbiya Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Vuchich ham qatnashishini tasdiqlagan edi.
2013 yil Si Szinpin tashabbusi bilan qabul qilingan, 150 mamlakat va xalqaro tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Bir makon, bir yo‘l” konsepsiyasining maqsadi ko‘plab mamlakatlar va manfaatdor davlatlar bilan xalqaro savdo-investitsiya loyihalarini faollashtirishdan iborat.