English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Bir mahalla-bir mahsulot» tamoyili amalda
14:52 / 2022-09-26

Nurota tumanidagi «Azim-ota» fermer xo‘jaligi 2000 yilda 20 gektar maydonda tashkil etilgan. Avvaliga g‘allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik vaqt o‘tib, ko‘p tarmoqliga «Nurota tomorqa xizmati» MCHJga aylantirildi.

Xo‘jalikning klaster loyihasida 12 ta yo‘nalish belgilangan bo‘lib, qiymati 5,9 milliard so‘mni tashkil etadi. Shundan 1,8 milliard so‘mi xo‘jalik mablag‘idan qoplandi.

2020 yilda ushbu loyiha uchun fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasidan 3 yil muddatga 4,1 milliard so‘m imtiyozli kredit berildi. Hududda suv ta’minoti og‘irligi inobatga olinib, Xitoydan burg‘ulash texnikasi xarid qilindi. Natijada 2020-2022 yillarda 95 ta katta va kichik hajmdagi artezian quduqlar qazilib 1850 ta xonadonning 190 gektar maydonini suv bilan ta’minlashga erishildi.

Korxona 1500 dan ortiq xonadonga shartnoma asosida sifatli urug‘lar (100 tonna kartoshka urug‘i) va ko‘chatlar (500 ming dona tok va mevali ko‘chatlar) yetkazib berdi. Ushbu urug‘liklardan yetishtiriladigan mahsulotlarni aholidan qayta sotib olish uchun 300 tonnalik sig‘imli zamonaviy muzlatkich-yuk saqlash omborxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, aholi tomorqalaridan qabul qilingan mahsulotlarni qayta ishlash va quritish maqsadida Xitoydan mevani saralash, quritish uskunasi olib kelindi.

–Tumandagi talabgor fuqarolarning 121 nafariga ixcham issiqxonalar qurib berdik, –deydi «Nurota tomorqa klasteri» rahbari Ilhom Samiyev. – Inkubatsiyada yetishtirilgan jo‘jalarni aholiga tarqatish yo‘lga qo‘yilib, 61 nafar fuqaroga o‘rtacha 100 tadan jo‘ja va uning ozuqasi tarqatildi. Shuningdek, 2023 yil hosili uchun avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekishda ishtirok etdi. Tumandagi 14725 ta xonadonga 275 gektar piyoz va sarimsoqpiyoz urug‘lari yetkazib berildi. 20 gektarda bog‘ tashkil qildik.

Qayd etish kerakki, Nurota tumanida 2022 yilda yangidan tashkil etilgan 105 ta dehqon xo‘jaligi va o‘z tomorqasidan o‘rtacha 3 martagacha hosil olib kelayotgan ilg‘or namunali tomorqachilar ishtirokida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini o‘qitish va dehqonchilikda malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda 1830 ta tomorqa yer egalari o‘qitildi.

Xo‘jalikning kelgusida ham bir qator istiqbolli rejalar ishlab chiqqan. Ular tumandagi aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan unumli foydalanib, faqatgina inson omiliga bog‘liq, «harakatda-barakot» shioriga amal qilib faoliyat yuritishmoqda. «Bir mahalla-bir mahsulot», «bir kontur-bir mahsulot» tamoyili asosida o‘rtacha 3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘yishga bel bog‘lashgan. Bunda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi fermerlarga kamarbasta bo‘lmoqda.

 

Umirzoq Rahmatov,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i