Aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba asosida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida aholi bilan muloqotning yangicha tizimi doirasidagi o‘rganishlar davom etimoqda.
Vazirlik va idoralar, viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ishchi guruhlar, tezkor shtablar tuzilib, tumanning 13 ta mahallasidagi barcha xonadonlar sharoiti bilan tanishib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatidan joy olgan arnasoylik yigit-qizlar bandligini ta’minlash respublika ishchi guruhining oldidagi muhim masalalardan bo‘lib turibdi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida 100 nafarga yaqin yoshlar va xotin-qizlar “Arnasoy Gold Tex” MCHJ faoliyati bilan tanishib, shu kunning o‘zida korxona bilan shartnoma imzolagan holda ishga joylashtirildi.
Shu kabi tizimli ishlar davom etmoqda.
A.Qayumov, O‘zA