English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kunda 27 nafar fuqaroning ish staji tiklandi
17:39 / 2021-10-27

Navoiy viloyati Konimex tumani adliya bo‘limi tomonidan 27 nafar fuqaroning ish stajini tiklash bilan bog‘liq murojaat sayyor tartibda o‘tkazilgan sud majlisida ko‘rib chiqildi.

– Men Konimex tumanining “Taldiquduq” ovulida yashayman, - deydi Patshagul Berdishova. – Pensiyaga chiqqunimga qadar turli tashkilotlarda ishladim. Lekin pensiya yoshiga yetganimda pensiya puli men tengi ishlaganlardan ancha kam chiqdi. Adliya tamonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ushbu masalada murojaat qilgandim, ishim ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, osongina hal bo‘ldi.  

– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi “Davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 44-sonli qarorining 23-bandi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasi va “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 80-bandiga binoan mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ko‘rsatilgan, – deydi Konimex tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Nurali Isroilov. – Arxivga ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnomalar taqdim etilmagan holatda yuqoridagi qonun hujjatlariga asosan, mehnat daftarchasi orqali ish stajini tiklash imkoniyati mavjud. Shu asosga ko‘ra, tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Konimex tuman bo‘limiga fuqarolarning ish stajlarini inobatga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA