Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kunda 202 tonna zararli gaz atmosfera havosiga zarar yetkazgan
16:50 / 2020-04-16

Buxoro viloyatida mavjud 200 mingdan ortiq avtotransport vositalari harakatlanishi natijasida yiliga 73 ming tonna, bir oyda 6083 tonna, bir kunda 202 tonna zararli gaz atmosfera havosiga chiqargan.


Buxoro viloyatida mavjud 200 mingdan ortiq avtotransport vositalari harakatlanishi natijasida yiliga 73 ming tonna, bir oyda 6083 tonna, bir kunda 202 tonna zararli gaz atmosfera havosiga chiqargan.

– Joriy etilgan karantin davrida viloyatda 720 taga yaqin avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berilganligi hamda qolgan avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtalishi natijasida tabiiy ravishda atmosfera havosiga zararli gazlar chiqishi kamaygan, – deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi Nodir Ibodov. – Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimini rivojlantirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha berilgan topshiriqlari asosida Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, yuqori sifatli ekologik toza boʻlgan dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish ishlari jadallik bilan olib borildi. Natijada zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilgʻisi) sifati Yevro-2 standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirilishi 2020-yilning 30-mart kuni Oʻzbekiston tarixida ilk bora “Yevro-4” va “Yevro-5” sinfli ekologik toza hamda sifatli dizel yonilgʻisining ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

Laboratoriya tahlillariga koʻra, olingan dizel yonilgʻisida oltingugurt birikmalari miqdori 3 ppm boʻlib, bu koʻrsatgich Yevro-5 sinfiga mos dizel yonilgʻisiga toʻgʻri keladi (10 ppm dan koʻp emas). Mazkur qurilma mavjud texnologik sxemada yiliga 100 ming tonnagacha Yevro-5 standartidagi dizel yonilgʻisi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bizga maʼlumki “Yevro-4” va “Yevro-5” yoqilgʻi turlari dvigatel ishlash jarayonini yaxshilabgina qolmay atmosfera havosiga zararli chiqindi gazlar miqdorini ham keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga ega.

Yuqoridagi koʻrsatkichlardan koʻrinib turibdiki, mart va aprel oylarida atmosfera havosiga ayrim sanoat korxonalari, shuningdek tuproq, qum shagʻal qazib olish karyerlari va karyerlardan xom ashyolarni ortib chiquvchi avtotransport vositalarining harakatlanishlari ham cheklanganligi sababli, atmosferaga boshqa turdagi ifloslantiruvchi moddalarning ham tashlanishi kamayganligini koʻrish mumkin.

Soha mutaxassislari tomonidan viloyat aholisi nafaqat karantin davrida balki bundan keyingi davrda ham avtotransport vositalaridan kamroq foydalanishlari tavsiya etilmoqda. Bu bilan ular nafaqat oʻzlari va atrofdagilarning sogʻligini asragan boʻlardi balki tabiatimizning musaffoligiga ham oʻz hissalarini qoʻshgan boʻlardi.