Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kun emas, doimiy e’tibor
18:40 / 2025-12-04

Yurtimiz bo‘ylab 3 dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni"ga bag‘ishlangan tadbirlar bugun ham davom etmoqda. Maqsad – ularga faqat bir kungina emas, balki doimiy e’tibor berish lozimligini keng jamoatchilikka anglatish.

Yakkasaroy tuman hokimligi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan ushbu sana munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil qilindi.

Tumanda yashayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolar, faxriylar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari D.Rasulmuhammedova barchani bayram bilan muborakbod etib,  ezgu tilaklarini izhor etdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bunday tadbirlar mamlakatimizda imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘rsatilayotgan keng imkoniyat va qullayliklar, ularning jamiyatda to‘laqonli ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va mehnat bozorida teng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qator amaliy ishlar bajarilayotgani e’tirof etildi. Darhaqiqat, bunday ezgu siyosat inson qadrini ulug‘lash, har bir fuqaro hayotida qo‘llov va rag‘batni his etishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram ishtirokchilari mamnunliklarini bildirdi.  

Sherbek Islomov, O‘zA