French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kecha-kunduzda 400 litr sut qayta ishlanmoqda
11:33 / 2026-01-09

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi “KAUSAR TEGIRMON” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli chorvachilik kompleksi 2024 yil tashkil etilgan.  

Xo‘jalikka “Agrobank”ning 32 milliard so‘mlik imtiyozli krediti hisobidan Germaniya, Daniya va Ukraina davlatlaridan 120 bosh “Simmental” naslli qoramol olib kelingan.

Hozirda chorva mollarining bosh soni umumiy 170 taga yetkazilgan. Naslli mollardan bir kecha-kunduzda o‘rtacha 400 litr sut olinib, xo‘jalik qoshidagi sexda qayta ishlanmoqda. Qatiq, smetana, yogurt, tvorog kabi sut mahsulotlari tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shartnoma asosida yetkazib berilmoqda.  

O‘zA fotomuxbiri

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA