French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir kecha-kunduzda 30 ming gektar o‘rmon kultepaga aylandi
14:23 / 2018-07-02

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida yirik o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. So‘nggi bir kecha-kunduzda Uzoq Sharqdagi 30 ming gektar maydonga teng o‘rmonlar yonib ketgan. Bunda asosan Yoqutiston o‘rmonlari talofat ko‘rgan. Hududda favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan.

Uzoq Sharq fedaral okrugi o‘rmon xo‘jaligi departamenti ma’lumotlariga asoslanib bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Qayd etilishicha, o‘tgan kunlarda Yoqutiston, Magadan viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugida jami 111 ta yong‘in o‘chog‘i aniqlangan bo‘lib, ulardan 23 tasi o‘z vaqtida bartaraf etilgan. So‘nggi bir-kecha kunduzda hududdagi o‘rmonlarda yana 3 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bugun tongdan esa Uzoq Sharqda 88 ta o‘rmon yong‘ini kuzatilmoqda.