French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir kanal – bir tizim” tamoyilining foydasi katta
16:50 / 2024-08-16

Prezidentning 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalarni keng targ‘ib qilish maqsadida Bekobod tumanida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Chirchiq-Ohangaron ITHB, Bekobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi hamkorligida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilarga suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini bitta sug‘orish tarmog‘iga bog‘langan maydonlarda joriy qilishda “bir kanal – bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishini ta’minlash atroflicha tushuntirildi. Sug‘orish tarmoqlarida suv o‘lchash vositalarini qurish va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Suvning aniq hisobini yuritish borasida davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish uchun vazifalar belgilandi.  

Seminarda respublikamizda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishda davlat tomonidan berilgan imtiyozlar, suv resurslari va undan foydalanish holati, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining afzal jihatlari, suv tejovchi texnologiyalarning butlovchi qismlari, ulardan foydalanish tartibi, sug‘orish me’yori va sug‘orish davomiyligi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.  

Shundan so‘ng “Jo‘rabek Mo‘minjon Fayz” fermer xo‘jaligining 37 gektar g‘o‘za maydonida joriy qilingan tomchilatib sug‘orish tizimining ishlashi, sug‘orishga sarflangan suv miqdori, g‘o‘zaning biologik hosildorlik ko‘rsatkichlari aprobatsiya qilinib, kutilayotgan hosildorlik bo‘yicha ma’lumot berildi.  

A.Musayev,O‘zA.