Bir joyda – ming oila issiqxonasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumani Baland adir dashtliklaridagi 36 gektar maydonda har biri 2 sotixli 1000 ta issiqxona barpo etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining topshirigʻi asosida viloyat hokimligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur “Bir joyda – ming oila issiqxonasi” loyihasi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, kam taʼminlangan, kambagʻal oilalar bandligini taʼminlash maqsadiga qaratilgan.
Hozirga qadar 800 ta issiqxona foydalanishga topshirildi. Ularda yiliga 7 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirish mumkin. Eʼtiborlisi, mahsulotni yetishtirishda koʻchat, suv, mineral oʻgʻit hamda bozor taʼminoti yetakchi tadbirkor tomonidan kafolatlanadi.
Loyiha asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, kam taʼminlangan, kambagʻal oilalar aʼzolarini qishloq xoʻjaligi kasblariga oʻqitish uchun Agrobiznes oʻquv monomarkazini tashkil etdi. Markazda ishsiz fuqarolar limonchilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik kabi yoʻnalishlarda kasb sirlarini oʻrganadi.