Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir hududda 25 ta mehmon uyi ish boshladi
19:02 / 2022-07-22

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 25 ta oilaviy mehmon uyini tashkil etgan tadbirkorlarga sertifikatlar topshirildi. Ta’kidlash joizki, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari bugun mana shunday natijalarga erishishga zamin yaratyapti.

Mazkur mehmon uylari tumanning Oqtosh, Hojikent, Novobod, Chimyon, Yusufxona, Sijjak, Dadaboyev, Tovoqsoy va Piskom MFYlarida o‘z faoliyatini boshladi. Quvonarlisi, ushbu sa’y-harakatlar natijasida 30 dan ziyod yangi ish o‘rni tashkil etildi.

– Tadbirkorlik qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, hatto pulsiz ham ish boshlash mumkin, – deydi mehmon uyi egasi, tadbirkor Alfiya Temirbayeva. – Hududning so‘lim tabiati, kishiga yoquvchi havosi barchani yil bo‘yi chorlaydi. Bu yerga kelib hordiq chiqarish niyatidagilar ko‘p, faqat ularga zarur sharoit yaratsak bo‘lgani, qiladigan ishlarimiz orqali daromadimiz ham oshadi.

– Hozirgi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan tuman aholisi o‘z o‘zini band qilish borasida boshqalarga o‘rnak bo‘lyapti, – deydi viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Sherbek Jiyanov. – Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish orqali turistlarga doimiy xizmat ko‘rsatish qamrovi oshyapti. Bu sohada yangi ish boshlaganlarga muvofiqlik sertifikatini topshiryapmiz. Ular ham xursand. Sayyohlar maroqli dam olishdan, ish topolmay yurganlar ishli bo‘lishdan manfaatdor.

Kelgusida Toshkent viloyatida bundan ham yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va ko‘plab joylashtirish joylari sayyohlarni qabul qilish uchun hozirlanmoqda.

A.Musayev, O‘zA