Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida
14:50 / 2024-04-11

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati Xonqa tumanida “Bir hudud – bir mahsulot” hamda  kooperatsiya tamoyillari asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni joylashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.  

O‘tgan uch yil davomida tumanda 1 ming 359 gektar ekin maydoni elektron savdolar orqali 4 ming 740 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilgan. Seminar davomida ushbu maydonlarda “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili ostida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov, tuman rahbari Murodbek Davlatov so‘z olib, eksportyorlar tashqi bozorga chiqaradigan mahsulotni sotish imkoniyatlari haqida axborot berdi.

[gallery-16889]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA