French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir haftada 1000 dan ziyod gaz ballon sotildi
15:31 / 2020-04-13

“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG ECONN” zavodida kompozit gaz ballonlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu zavod yiliga 100 ming dona gaz ballon ishlab chiqarish quvvatiga ega.


“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG ECONN” zavodida kompozit gaz ballonlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu zavod yiliga 100 ming dona gaz ballon ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Suyultirilgan gaz uchun kompozit gaz ballonlar sigʻimi 47 litr, ogʻirligi 20 kilogramm boʻlib, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan ushbu gaz ballonlar uchun Oʻzstandart agentligi tomonidan “ISO 9001:2015” va boshqa talab etilgan muvofiqlik sertifikati berilgan.

Issiq va sovuq taʼsir qilmaydigan ushbu kompozit ballonlardan -40 dan boshlab +70 gradusgacha foydalanish mumkin. Gaz ballonlar xavfsiz hamda qulay boʻlib, aholi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar mol-mulkining daxlsizligini taʼminlaydi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, kompozit gaz ballonlar realizatsiyasini yoʻlga qoʻyilishi natijasida soʻnggi bir haftada 1000 dan oshiq gaz ballonlar sotilishiga erishildi.