Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh xalq ta’limi tizimi xodimlariga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi
14:52 / 2020-12-12

Xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh yutuqlarga erishayotgan, faol ustoz-murabbiylarga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida shu munosabat bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev o‘qituvchilarni taqdirlab, “online maktab” ruknidagi televizion darslarni tasvirga olishga jalb qilingan barcha o‘qituvchilar, surdo-tarjimonlar, muharrirlar va televideniye xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Pandemiya sharoitida umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etilgan edi. Mazkur loyihada qatnashgan 18 nafar va xalqaro fan olimpiadalariga o‘quvchilarni tayyorlashda faol ishtirok etgan 6 nafar o‘qituvchi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni va bir guruh faol murabbiylar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.  

Xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’lim jarayonini amaliyotga keng joriy etish, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion shakl va usullaridan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida “online maktab” ruknidagi televizion darslar tasvirga olinishi davom etmoqda.

Televizion darslarni tasvirga olish jarayoniga yuzdan ortiq malakali, tajribali fan o‘qituvchilari, muharrirlar, surdo-tarjimonlar jalb qilingan.