Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh vatandoshlarimiz TURKSOYning “Oltin medal”i bilan taqdirlandi
19:40 / 2023-06-19

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOYning 30 yillik yubiley tantanalari munosabati bilan turkiy davlatlar orasida madaniyat va san’atning keng targ‘iboti, mukammal ijrochi va professional mahorati bilan turkiy davlatlarda obro‘ va e’tibor qozongan taniqli madaniyat va san’at xodimlari uchun ta’sis etilgan “Oltin medal” mukofoti bilan O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov taqdirlandi.

TURKSOYning “Oltin medal” mukofoti bilan taqdirlanganlar qatorida marhum davlat va jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, professor Baxtiyor Sayfullayev, O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov , Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Saidov, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev va O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovalar ham bor.

Shuningdek, tashkilotning "30 yillik" ko‘krak nishoni bilan bir guruh madaniyat va san’at xodimlari taqdirlandi. Bu haqda madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA