Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh pedagoglarga ko‘krak nishonlari topshirildi
13:30 / 2025-09-29

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va boshqalar mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh etish, o‘qituvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi Prezidentimizning doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi. 

Bugungi kunda san’at yo‘nalishidagi maktablar, ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlari, oliy o‘quv yurtlarida minglab fidoyi ustoz va murabbiylar yoshlarga saboq bermoqda. Ularning zahmatli va sharafli mehnatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yurtimizda tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Tantanali tadbirda Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 100 nafardan ortiq pedagog vazirlikning "Madaniyat va san’at fidokori", Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi”, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi fidoyisi” va “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishonlarini madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosarlari Bahodir Ahmedov va Avazxon Tojixonov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimi Indira Xoldorova o‘z egalariga tantanali topshirib, bayram bilan muborakbod etishdi. Tadbirda san’at ustalari va ijrochi-yoshlar ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi. 

N.Usmonova, O‘zA